Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida “Turkmanenergo” korporatsiyasidan import amaliyotining sutkalik hajmi 17−18 mln kVt-soatdan 20−21 mln kVt-soatga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hukumat elektr va gaz bilan bog‘liq muammolarni qanday hal qilmoqda

Sardor Umurzoqov energetika sohasidagi vaziyat yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari infratuzilmani qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha mas’ullar faoliyatini tanqidiy baholadi.

U aholi va sanoatni energiya bilan ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy kamchiliklar, favqulodda vaziyatlarda hal qiluvchi choralar ko‘rilmaganini aytib o‘tdi.

Elektr va gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun Umurzoqov Energetika vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarihuzurida kechayu kunduz ishlaydigan maxsus shtablar tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.

Hududlardagi vaziyatni nazorat qilish prezident maslahatchilari va bosh vazir o‘rinbosarlariga yuklatildi.

Shtab va mansabdor shaxslar energetika tizimidagi vaziyatni nazorat qiladi, xususan:

  • elektr va gaz ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga etkazib berish;
  • fuqarolar, korxonalar va ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz va ko‘mir bilan ta’minlash;
  • ko‘p qavatli uylarni isitish uchun qozonxonalarning ishlashi.

Yig‘ilishda inqirozdan chiqish choralari belgilandi. Shu tariqa, kuniga kamida 5 million kub metr tovar gazini yetkazib berishni taʼminlash topshirildi.

2023-yil 1-martgacha davlat muassasalariga avtomobillarga yoqilg‘i quyish uchun gazdan foydalanish taqiqlanadi. Buning o‘rniga benzindan foydalanishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, AI-80 rusumli benzinni tovar-xom ashyo birjasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun uni olib kirish va sotish bo‘yicha aksiz solig fevralgacha bekor qilinadi.

Shu bilan birga, benzin narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi va vositachilarni yoqilgi bilan birja savdosidan chetlashtirish korsatma berildi.

Prezident topshirig‘i bilan energetika sohasidagi muammolarni tahlil qilish va hal etish bo‘yicha hukumat ishchi guruhi tashkil etilmoqda. Uning asosiy vazifalaridan biri aholi uchun ustuvor gaz va elektr energiyasini mutanosib ravishda taqsimlash bo‘ladi.

Shuningdek, ishchi guruhga energiya taqchilligining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirilgan.


Avvalroq “Spot” “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi gaz qazib olishni kuniga 3 mln kub metrga oshirayotgani haqida yozgandi.