Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Buxoroda umumiy quvvati 1 GVt boʻlgan ikkita shamol elektr stansiyasi qurish uchun $520 mlnlik ikkita sindikatlashtirilgan kredit ajratadi. Bu haqda bank rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

Bankning Bosh shamol elektr stansiyasiga (WPP) $277 mln miqdoridagi krediti YeTTBning shaxsiy hisobiga $150 mln miqdoridagi A krediti va tijorat kreditorlariga sindikatlanadigan $127 mln.i B kreditidan iborat bo‘ladi.

Yangi shamol elektr stansiyasi yiliga 1650 GVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Natijada yillik karbonat angidrid chiqindilarini 930 ming tonnaga kamaytirishga yordam beradi.

Bankning “Jankeldi GES"ga $243 mln miqdoridagi krediti bank hisobidagi $150 mln qiymatdagi kreditdan iborat bo‘ladi, qolgan $93 mln.i esa tijorat banklariga sindikatlanadi.

Bu elektr stansiyasi yiliga 1550 GVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yillik karbonat angidrid chiqindilarini 890 ming tonnaga qisqartirishga yordam beradi.

Loyihalar YeTTB va O‘zbekiston hukumati hamkorlikda ishlagan uzoq muddatli karbonsizlanish strategiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shmoqda, bu esa 2050-yilgacha uglerodsiz energiya sektoriga erishish rejasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikki loyiha Germaniyaning “Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft” rivojlanish moliya instituti, Frantsiyaning “Proparco” taraqqiyot agentligi, “Standard Chartered Bank” va boshqa banklar tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.


Avvalroq YeTTB O‘zbekiston energetika tizimini mustahkamlashga $47 mlndan ortiq kredit ajratishi haqida xabar berilgandi.

Ajratilgan kredit evaziga Xorazmning Sarimay hamda Buxoro viloyatining Jankeldi qishloqlari o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi rejalashtilgan.