Noyabr oyi uchun 1,5 mln nafar isteʼmolchiga 85,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Oktabr oyi esa 1,2 mln nafar iste’molchiga 82,2 mlrd so‘m keshbek to‘langandi.

Umumiy yil boshidan (yanvar-noyabr) 1,6 mln nafar iste’molchiga 695,5 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

keshbek, soliq

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi

Davlat soliq qo‘mitasi qanday cheklarga keshbek qaytarilmasligi haqida ma’lumot bergan edi.

Quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:

  • agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
  • sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo‘lsa.

Avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun ham keshbek qaytarilmaydi.

Shu bilan birga shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganda ham keshbek taqdim etilmaydi.

QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish yoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.


Avvalroq “Spot” 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida joriy yilning 1-yanvaridan xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga ruxsat berilgani haqida yozgandi.