27−29-yanvar kunlari Toshkentda “Open Data Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

“Open Data Challenge” — bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov. U fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, fan bo‘yicha professional hamjamiyatni rivojlantirish, davlat va munitsipal ochiq ma’lumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirishni maqsad qiladi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladogan talablar quyidagicha:

  • barcha tadbirlarda to‘liq ishtirok etish;
  • raqamli yechim yaratish.

Unda uch kishidan iborat jamoa hamda yakka tartibda ishtirok etish mumkin.

Jamoalarning ishtirokchilaridan biri qatnashish uchun jamoaviy ariza topshirishi kerak. Individual arizachilar xakatonning birinchi kunida jamoaga qo‘shilishlari mumkin.

Arizani havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.