Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiyda joylashgan “O‘ZERAECABLE” kompaniyasining 50% davlat ulushini auksionga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich narxi 48,2 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 2,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Mazkur kompaniyaning sosiy faoliyat turi avtotransport vositalari uchun elektr va elektron butlovchi qismlar ishlab chiqarishga qaratilgan.

2022-yilning 1-oktabr holatiga kompaniya ko‘rsatgichlari keltirilgan bo‘lib, sotib olovchi jamiyatning barcha majburiyatlari bilan birgalikda qabul qilib olishi eslatib o‘tiladi.

Yer maydoni 2,06 gektar, binoning egallagan umumiy maydoni esa 5324 kv. metrni tashkil etadi.

Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni 2023-yilning 6-fevrali, soat 09:00 ga qadar jo‘natish mumkin. Savdo shu kuni soat 10:00da boshlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan “O‘zbekgeofizika"ga qarashli klinik shifoxona auksionga qo‘yilgandi.