3-fevral kuni “IT STEP” Akademiyasida “Global Game Jam” tanlovi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

“Global Game Jam” — bu 10−16 yoshdagi bolalar va o‘smirlar uchun o‘yinlar yaratish boʻyicha xalqaro tanlov bo‘lib, ishtirokchilar yangi oʻyinni atigi 4 soat ichida yaratishlari kerak.

Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 30-yanvargacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Tanlov g‘olibiga 750 ming so‘m pul mukofoti ajratiladi.


Avvalroq “Spot” texnologik startaplar uchun xalqaro akseleratorning yangi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda butun dunyodan startap loyihalar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun 14-fevralgacha ariza topshirish kerak.