“Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriluvchi shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilish uchun mo‘ljallangan mobil ilova ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

U orqali avtovokzaldan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali hamda narxlari bilan tanishish mumkin.

Shu bilan birga, ilovaning birinchi sahifasida yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarni qidirib topish mumkin.

Undan keyin mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar chiqqach joylarni tanlash mumkin bo‘ladi. Ilovada bo‘sh joylar yashil rangda ko’rsatilgan bo‘ladi.

mobil ilova, toshkent avtovokzal, uzbus

Bosqichma-bosqich ravishda barcha viloyatlardan Toshkentga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

Ilova hozirda “Android” operatsion tizimi uchun mavjud. Uni havola orqali yuklab olish mumkin.


2022-yilda “Uzbekistan Airports” saytida onlayn tablo ishga tushgandi. Unda har bir reys haqida real vaqt rejimida sana, parvoz raqami, aviakompaniya nomi, bortga chiqish eshigi kabi ma’lumotlar aks etgan.