Indoneziya hukumatining “KNB” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Kemitraan Negara Berkembang (KNB) stipendiyasiga barcha mamlakatlardan bakalavr, magistratura va PhD darajalari bo‘yicha nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.

Bakalavriat stipendiyalarining muddati 8 semestr va magistratura stipendiyalarining muddati 4 semestrni tashkil etadi.

Talabalarga $100 miqdorida va qo‘shimcha oylik stipendiya ajratiladi. Shuningdek, borish-kelish uchun avia chipta hamda sug‘urta xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar tavsiya xatini olish uchun Indoneziya elchixonasi yoki Indoneziya konsulligiga taklifnoma, pasport, akademik sertifikatlar va akademik transkriptlarni yuborish kerak.

Mamlakat elchixonasining manzili, telefon raqami, elektron pochtasi yoki veb-sayti haqida ma’lumot olish uchun havola orqali o‘tish mumkin.

Bakalavriatura uchun yosh chegarasi 25, magistratura uchun 35 va PhD uchun 40 dan oshmasligi kerak.

Bakalavr va magistr darajasi uchun ingliz tilidan TOEFL 80, IELTS 6 ball, PhD uchun esa TOEFL 90, IELTS 7 ball bo‘lishi talab etiladi.

Barcha nomzodlar Indoneziya elchixonasi yoki Indoneziya Bosh konsulligidan olingan tavsiya xatini, akademik ma’lumotlar va boshqa hujjatlarni havola orqali jo‘natish kerak.

Arizalarni 18-fevralgacha jo‘natish mumkin. Batafsiil ma’lumot bu yerda.