Joriy yilning 17-fevral kuni “Mahsulotlar menejmenti” bepul kursi boshlanadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

“Ask VC” bilan birgalikda tashkil etilayotgan mazkur kurs davomiyligi 4 haftani tashkil etadi.

Unda ishtirokchilarga asosiy yondashuvlar o‘rgatilib, bilimlar real mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga qaratiladi.

Kursning asosiy mavzulari:

  • mahsulot menejerining roli;
  • mahsulot bilan ishlash freymvorki, yo‘l xaritasi;
  • bozor segmentatsiyasi va raqobat tahlili, foydalanuvchi shaxslari;
  • gipotezani tekshirish;
  • mahsulotni olg‘a surish.

Kurs muallifi — Vasiliy Rudomanov. U ex-product management Acronis, bulutli boshqaruv, virtualizatsiya, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun B2B mahsulotlarini 10 yil boshqargan.

Unda ishtirok etish uchun 16-fevralgacha havola orqali so‘rovnoma jo‘natish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.