Toshkent metropolitenida yana bir operatorning mobil aloqasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda “Beeline” abonentlari yer osti bekatlarida bemalol aloqadan foydalanishlari mumkin. Bu metrodan foydalanish mumkin bo‘lgan to‘rtinchi operator bo‘lmoqda.

O‘tgan yilga qadar metroda faqat bitta mobil tarmoq — “Ucell” xizmat ko‘rsatardi. 2000-yillarda “Perfectum” oltita stansiyada aloqa xizmatlarini ishga tushirdi, biroq keyinchalik loyiha “xavfsizlik sababli” to‘xtatildi.

2021-yil avgust oyida Transport vazirligi va Metropoliten vakillari barcha aloqa operatorlarini stansiyalarga jalb etish rejalarini e’lon qilishdi. Bundan tashqari, yo‘lovchilar uchun bepul Wi-Fi ishga tushirilishi kerak edi.

2022-yil yanvar oyidan boshlab metroda “Uztelekom” va “Humans” uyali aloqalari yer osti metrosida o‘z xizmatlarini taqdim eta boshladi. Barcha operatorlar metroda qo‘ng‘iroqlarni ham, mobil Internetni ham qo‘llab-quvvatlaydi.


Avvalroq, prezident Toshkent metropolitenida olib borilayotgan ishlar bilan tanishgandi. Tez orada Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan metropoliten ishga tushiriladi.