8-yanvardan boshlab Xitoy hukumati COVID-19 uchun kelganlarni majburiy sinovdan o‘tkazishni bekor qildi va ketishdan oldin faqat PCR test sertifikati talabini qoldirdi.

10-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi pandemiya boshlanganidan beri Toshkentdan Pekinga birinchi reysni amalga oshirdi.

22-fevraldan boshlab “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Pekinga aviaqatnovlar sonini oshiradi, deya xabar bermoqda avikompaniya matbuot xizmati.

Aviakompaniya parvozlarni muntazam ravishda haftasiga ikki marta — seshanba va chorshanba kunlari bajaradi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Centrum Air” xususiy aviakompaniyasi yo‘lovchilarni tashishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

15-fevral kuni ertalab soat 9:52 da Toshkentdan Farg‘ona aeroportiga xususiy loukoster aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti yetib keldi.

Bundan tashqari, 17-fevraldan boshlab aviakompaniya Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida charter reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.