“Tinkoff” ilovalari “Apple” qurilmalari uchun AppStore’dan yo‘qoldi, deya xabar berdi kredit tashkiloti Telegram kanalida.

Bank allaqachon yuklab olingan ilovalar odatdagidek ishlashda davom etishiga ishontirib, xotirjamlikni saqlashga va ularni norasmiy manbalardan yuklab olmaslikka chaqirdi.

“Siz ilova orqali pul o‘tkazishingiz, hisobingizni to‘ldirishingiz va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin. Yoki buni „Tinkoff“ veb-saytidagi shaxsiy kabinetingda ham amalga oshirish mumkin”, — deyiladi bank xabarida.

“Tinkoff Bank” 25-fevral kuni “Alfa-Bank” va “Rosbank” bilan birga Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qoldi.

Yevropa Ittifoqi ularga nisbatan sanksiyalarni Rossiya bank sektori Rossiyaga katta daromad keltirayotgani, shuningdek, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni bilan izohladi. Uchala bank ham tizimli ahamiyatga ega banklar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, “Uralsib”, “Zenit”, “Levoberejniy” va “Primorye” banklarining ilovalari ham AppStore’dan yo‘qolgan.

24-fevralda ular AQShning blokirovka qiluvchi sanksiyalariga duch kelishdi, bu esa boshqa narsalar qatori Amerika kompaniyalarining ushbu banklar bilan o‘zaro aloqalarini taqiqlaydi.

Xuddi shu sababga ko‘ra, “AppStore” va “Google Play” 2022-yilda Rossiyaning boshqa bir qator yirik banklari — “Sberbank”, “VTB” va “Alfa-Bank"ning ilovalarini olib tashladi.


Avvalroq “Spot” “Tinkoff Business” O‘zbekistonga valyuta o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘yganligi haqida yozgandi.