Metropoliten yo‘lovchilari uchun yangi to‘lov tizimi joriy etildi, deya xabar bermoqda “UzA”.

Unga ko‘ra, “ATTO” mobil ilovasining operatsion tizimi va u bilan bevosita to‘lash mumkin bo‘lgan qurilma orqali plastik kartalarsiz onlayn to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Qurilma Toshkent metropolitenining Buyuk Ipak Yo‘li bekatida o‘rnatilgan bo‘lib, undan iOS operatsion tizimida ishlovchi telefonlar orqali foydalanish mumkin.

“Oldin faqat „Android“ qurilmalari orqali NFC to‘lovni amalga oshirish imkoni mavjud edi. Endi iOS tizimi orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin. U orqali bir necha marotaba to‘lovni amalga oshirish mumkin”, — deydi “ATTO” texnik mutaxassisi Azizbek Karimov.

Qurilmani Chilonzor bekatida, bosqichma-bosqich esa barcha metro bekatlarida joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, “ATTO” ilovasi orqali avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgandi.