Rossiyaning “Letual” parfyumeriya kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Kommersant” manbasiga tayanib.

“Kommersant"ning kosmetika bozoridagi manbasiga ko‘ra, Letual O‘zbekistondagi ko‘p sonli yosh iste’molchilarga va mamlakatga ko‘chib kelgan rossiyalik relokantlarga tayanadi.

“Infoline-Analytics” bosh direktori Mixail Burmistrovning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston bozori oʻsib borayotgan iqtisodiyot va isteʼmol bozori, shuningdek, Rossiyadan emigratsiya toʻlqinining taʼsiri tufayli istiqbolli koʻrinadi.

Biroq, ekspertlar iste’molchilarning xohish-istaklari va to’lovga layoqatli talab to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yetishmasligini xavf sifatida ta’kidlaydilar, bu esa sotishning rejalashtirilgan darajasiga erishishga imkon bermasligi mumkin.

Rossiyaning yana bir kosmetik kompaniyasi “Golden Apple” ham 2023 yil oxirigacha boshqa yangi mamlakatga kirish ustida ishlamoqda, biroq hozircha bu boradagi tafsilotlarni oshkor etmadi.

Rossiya kosmetika tarmoqlarining qo‘shni mamlakatlarga kengayishiga qiziqishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va parallel import uchun yangi logistika zanjirlarini qurish, shuningdek, assortimentni kengaytirish va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish istagi bilan izohlanishi mumkin.

Letual” — 1997-yilda Maksim Klimov tomonidan asos solingan Rossiyadagi eng yirik parfyumeriya chakana savdo tarmog‘i. Hozir kompaniya mamlakatning 250 ta shahrida mingga yaqin do‘konlarni boshqaradi.


Avvalroq “Spot” “Magnit” Toshkentda o‘ninchi “MCosmetic” do‘konini ochgani haqida yozgandi.