Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Qatnov 9, 16, 23, 30-mart kunlari 60/59-sonli yo‘nalish bo‘yicha quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

60-sonli Toshkent-Andijon yo‘nalishi

  • Toshkent 07:55 — Andijon 13:56

59-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi

  • Andijon 15:55 — Toshkent 21:45

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan hamda elektron tarzda havola orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq, “Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlarga 21% chegirma e’lon qildi. U joriy yilning 18-martidan 22-martigacha ekonom va biznes klass chiptalari uchun amal qiladi.