Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Litvaning “LINAVA” xalqaro yuk tashuvchilar assotsiatsiyasi prezidenti o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz, tartibli va qonuniy ravishda xalqaro yuk avtomobili haydovchiligiga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, agentlik va assotsiatsiya o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilgan.

Bundan tashqari Litvaning “Lithuanian construction association” qurilish tashkilotlari assotsiatsiyasi prezidenti bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Unda o‘zbekistonliklarni tashkiliy tarzda qurilish sohasiga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Avvalroq, Litva kompaniyasi mamlakatga qurilish sohasiga O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish istagi bildirilib, bu borada hamkorlik qilishga tayyor ekanligi ma’lum qilingandi.