IT Park rezidenti “AMC Bridge” “3D skanerlash: Uning ishlash uslubi qanday?” mavzusida onlayn uchrashuvga taklif etadi.

Tadbir 23-mart kuni soat 19:00 (Toshkent vaqti bilan)da boʻlib oʻtadi. “AMC Bridge” kompaniyasining dasturiy ta’minotni ishlab chiqish boʻyicha katta muhandisi (Senior Software Development Engineer) Aleksey Zarubin oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Mutaxassis 3D skanerlash jarayoni, uning ishlash uslubi va talab etiladigan jihozlar haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Aleksey, shuningdek, 3D obyektlarni skanerlashda foydalaniladigan “Marching cubes” va “SLAM” algoritmlari haqidagi bilimlari bilan boʻlishadi.

Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va 3D texnologiyalariga qiziqqan boshlangʻich darajadagi mutaxassislar ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Uchrashuvda ishtirok etish berpul boʻlib, ingliz tilida olib boriladi va oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

Ishtirok etish 22-mart soat 18:00 ga qadar havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

AMC Bridge” bosh ofisi AQShda joylashgan global IT-kompaniyadir. Kompaniya Yevropa va Osiyoning bir qancha mamlakatlarida vakolatxonasiga ega. 20 yildan ortiq vaqt davomida “AMC Bridge” muhandislik dasturlariga ixtisoslashgan holda mashinasozlik sanoatida korporativ kompaniyalar, vendorlar (sotuvchilar) va texnologik startaplar bilan hamkorlik qilib keladi.