Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i va yuqori kuchlanishli podstansiya qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, loyiha mazkur tumanlar iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozir tarmoq uchun tayanchlar o‘rnatilib, sim tarmog‘ini tortish ishlari yakunlangan.

Podstansiya uchun bitta yuqori kuchlanishli 125 MVAli transformator o‘rnatilgan bo‘lib, loyiha doirasida yana bitta transformator o‘rnatish rejalashtirilgan.

Uning dastlabki quvvatlari joriy yil yakuniga qadar va 2024-yilda esa to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda O‘zbekistonda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand va Jizzaxda 1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES ishga tushirilib, yagona elektr tarmog‘iga ulanadi: