Markaziy bank “UZINFOCOM"ga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu regulyator boshqaruvining qaroriga muvofiq, belgilanmoqda.

Mart oyi boshida Markaziy bank “Cross Pay"ga ham to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bergandi.

Fevral oyida regulyator qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun “E-services House"dan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini qaytarib olgandi.