“Orient Silk Road Express” turistik charter poyezdi birinchi qatnovini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining matbuot xizmati.

Sayohatlar Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” turistik kompaniyasi bilan tashkil etiladi. Birinchi qatnovda Norvegiya, Shvetsariya, Fransiya, Germaniya, AQSH va boshqa davlatlardan kelgan 60 nafar sayyohni qabul qilgan.

Sayohat davomida O‘zbekistondan tashqari yo‘lovchilar Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ham tashrif buyurishadi. Xususan, poyezd Toshkent-Buxoro-Xiva-Samarqand-Qamashi-Kitob-Turkiston-Bishkek-Olma-Ota yo‘nalishida harakatlanadi.

Ta’kidlanishicha, keyingi reyslarda sayyohlar sonini oshirish belgilangan.

Shuningdek, Germaniyaning turistik kompaniyasi bilan joriy yilda 10 ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilning oktabr oyida mazkur loyiha doirasida Olmaota-Toshkent-Qamashi-Kitob-Samarqand-Xiva-Buxoro-Xo‘jand-Toshkent yo‘nalishi charter poyezd harakati amalga oshirilgandi.