Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

21-apreldan 24-aprelgacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha “Afrosiyob” elektropoyezdiga qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

Bu yo‘lovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi:

Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

  • 768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi:

Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

Shuningdek, Toshkent-Xiva-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 reysga qatnovlar yo‘lga qo‘yildi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 20,22-aprel kunlari 156-sonli Toshkent-Xiva yo‘nalishi:

Toshkent 15:39 — Xiva 6:58

  • 21,23-aprel kunlari 155-sonli Xiva-Toshkent yo‘nalishi:

Xiva 8:28 — Toshkent 00:30

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan hamda havola orqali elektron tarzda xarid qilish mumkin.