“Uzbekistan Airways” Ramazon hayiti munosabati bilan bir qator xalqaro yo‘nalishlarga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma 21-aprel soat 00:00 dan 23:59 gacha quyidagi yo‘nalishlarga amal qiladi:

  • Toshkent — Jakarta;
  • Toshkent — Tokio;
  • Toshkent — Seul;
  • Toshkent — Boku;
  • Toshkent — Ostona;
  • Toshkent — Sharja;
  • Toshkent — Dubay;
  • Farg’ona — Dubay.

Chiptalarni borish/kelish bo‘yicha biznes va ekonom-klassdagi tariflar uchun xarid qilish mumkin.

Shuningdek, taqdim etiladigan chegirma miqdori kattalar uchun tarifdan 15%, 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun 15%ni tashkil etadi.

Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi hamda 21-apreldan xarid qilingan chiptalarni qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilishda qo‘llanilmaydi.

Chegirma bilan sotib olingan foydalanilmagan chiptani qayta rasmiylashtirganda, to‘liq tarif darajasida qo‘shimcha to‘lov talab qilinadi.