“Gazprombank” va “Servis-Telecom” kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda hamkorlik loyihalarini amalga oshiradi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Bu bo‘yicha “INNOPROM. Central Asia xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “Gazprombank” birinchi vitse-prezidenti Aleksandr Ushkov hamda “Servis-Telecom” kompaniyalar guruhi bosh direktori Nikolay Berdin hamkorlik memorandumini imzoladi.

“Servis-Telekom” O‘zbekiston bozoriga mamlakatning birinchi mustaqil infratuzilma operatorini yaratish orqali kirishni rejalashtirmoqda.

Investitsiyalarning taxminiy miqdori 8 mlrd rubl ($98,4 mln)ni tashkil etadi hamda mazkur tashabbus doirasida bank aniq miqdori 2023-yil oxirigacha ma’lum bo‘ladigan loyihalarni moliyalashtirishni nazarda tutadi.

“Ishonchim komilki, telekommunikatsiya infratuzilmasi bozoridagi hamkorlik va bank sa’y-harakatlarini infratuzilmalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish bo‘yicha o‘zining katta tajribasi bilan birlashtirish sinergik samaraga erishish imkonini beradi”, — dedi “Gazprombank” birinchi vitse-prezidenti Aleksandr Ushkov.

“Servis-Telecom Group” bosh direktori Nikolay Berdinning ta’kidlashicha, mazkur memorandum kompaniyaning Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘y

“Ishonchimiz komilki, bizning noyob vakolatlarimiz va zamonaviy aloqa infratuzilmasini yaratish borasidagi sarmoyalarimiz mamlakatda uyali aloqa va mobil internetni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, — dedi u.

O‘tgan yilning aprel oyida “Gazprombank” O‘zbekistonda shartnomalar bo‘yicha bank yordamini yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi