“IMPACT.T” kovorking markazida “Amazon Web Services” bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Spot"ga xabar berdi.

Tadbir “AWS User Group Tashkent” va “DevOps Community Uzbekistan” ishtirokida tashkil etilib, unda ikkita mavzu muhokama qilinadi.

Xususan, “Elastic Container Service” tarkibiga kiruvchi “Fargate” hisoblash dvigateli xizmatida avtomatik masshtablashda to‘g‘ri strategiyani tanlash bo‘yicha Anton Kovalenko o‘z maslahatlarini beradi.

Undan keyingi mavzu — “Java"da yozilgan “Lambda” funksiyalarini ishga tushirishni tezlashtirish uchun “SnapStart” haqida “EPAM Systems"ning AWS domeni rahbari Sergey Kirgizov bu xususiyatni qanday yoqish va u qanday ishlashini aytib beradi.

Uchrashuv joriiy yilning 19-may kuni soat 19:00da boshlanadi va ingliz tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.


Avvalroq “EPAM” “DevOps Essentials” bepul trening dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi. Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishi mumkin.