“EPAM Training Center” “DevOps Essentials” bepul trening dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarusdan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Kurs Git va tarmoq tushunchalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilim olishga, Bash va Python tillarining asosiy sintaksisini tushunishga hamda Linux va Windows OS’ning asosiy xususiyatlarini o‘rgatishga qaratilgan.

Ushbu kursning aniq boshlanish va tugash sanalari yo‘q. Unga ro‘yxatdan o‘tgach, o‘quv materiallariga kirish imkoniga ega bo‘lish va xohishga ko‘ra o‘tish mumkin.

Agar ishtirokchilar bu dasturni muvaffaqiyatli yakunlab, nazariy test va amaliy topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarsa, ikkinchi bosqich — “DevOps Fundamentals” treningiga ham qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi.

Nomzodlar quyidagi talablarga javib berishi kerak:

  • Ingliz tili darajasi A2+ (Pre-intermediate) va undan yuqori bo‘lishi;
  • IT tushunchalari va dasturiy ta’minot ko‘nikmalari bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
  • Nostandart muammolarni hal qilishda analitik fikrlash va ijodkorlik;
  • “DevOps"da ishlash va rivojlanish istagi.

Qabul qilinmagan nomzodlar “DevOps"ning quyidagi bepul darslarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi:

Kursda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Undan keyin ingliz tili bo‘yicha test topshiriladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “EPAM” “SAP Development” bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.