Toshkent va Grozniy o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Checheniston hukumati raisi Muslim Xuchiyev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Xuchiyevning ma’lum qilishicha, “Vaynaxavia” va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi o‘rtasida tegishli kelishuvga erishilgan.

Kelishuv doirasida “Uzbekistan Airways"ning Rossiyadagi mintaqaviy vakili bilan yangi xalqaro reysni yo‘lga qo‘yish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, parvozlar Toshkentdan Grozniyga va ortga haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Bu, Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yo‘lovchi tashish hajmining oshishiga xizmat qiladi, shuningdek, mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga qo‘shimcha turtki beradi”, — degan Muslim Xuchiyev.


Avvalroq “Spot” “Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Birinchi reys 13-mayga rejalashtirilgan bo‘lib, aviaqatnovlar har hafta amalga oshiriladi.