Yagona portal orqali soliq qarzi mavjud emasligi haqida ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

Xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishlari mumkin.

Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi hamda xizmat bepul amalga oshiriladi.

Saytda qidiruv tizimiga “soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida…” kalit so‘zlarini kiritish orqali kerakli sahifani topish mumkin.

“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosgach yangi sahifa ochiladi va undagi so‘rovni to‘ldirib, “tekshirish” tugmasini bosish kerak.

Undan keyin ma’lumotlar shakllanadi hamda natijalar keltirilgan hujjatni yuklab olish mumkin.

Mazkur xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Avvalroq “Spot” avtomobil tarixi haqida onlayn ma’lumot olish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.