“Uzbekistan Airways” kompaniyasi Chexiyaning “LET Aircraft Industries” konserni bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, bu kelishuv Chexiyadan LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olishni o‘z ichiga oladi.

Bu “kichik guruh yo‘lovchilarini tashish uchun ichki yo‘nalishlarda reyslar sonini ko‘paytirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida” amalga oshirilgani qayd etilgan.

Havo kemalarini qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklarida qo‘llash hamda mamlakat ichidagi Zarafshon, Shahrisabz va Andijon kabi shaharlar yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan.


Yil yakunigacha O‘zbekistonga 20 ta qo‘shimcha samolyotlarni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish topshirilgan.