“O‘zbekneftgaz” va Fransiyaning “Total Energies” kompaniyasi vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, kompaniya Markaziy Osiyo mintaqasidagi vakolatxonasini Toshkentda ochishni rejalashtirmoqda.

Fransuz kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” bilan yashil energiya bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirish hamda o‘zaro anglashuv memorandumini (MOU) imzolash imkoniyatlarini kengroq o‘rganib chiqishga kelishildi.

Total Energies” ekologik toza energiya turlaridan foydalanishni faol rivojlantirayotgan eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.


Avvalroq Fransiyaning “Montagne et Neige Développement” kompaniyasi bilan Chimyon umummavsumiy kurortini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangandi.