“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Gruziyada “Gruziya kiyim-kechak va moda” uyushmasi (GAFA) va 10 dan ortiq yirik gruziyalik eksportyor va importyor kompaniyalar bilan davra suxbati o‘tkazdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar natijasida, ikki tomonlama savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, Gruziya kompaniyalarining O‘zbekistondagi to‘qimachilik sohasidagi tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash va boshqa kyeng qamrovli hamkorlik masalalari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, “Poti erkin iqtisodiy zonasi” bosh direktori David Yebralidze bilan Poti erkin iqtisodiy zonasida logistika markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni AQSh, Kanada va Yaponiyaga soliq va Gruziyaning ushbu davlatlar bilan GSP+ dasturidan foydalangan xolda bojxona bojisiz re-eksport qilish hamda zona xududidagi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Mamlakatdan kelayotgan tovarlarni saqlash uchun mazkur port hududida ombor infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda.


Avvalroq “Spot” 2022-yilning oktabr oyida “FESCO” transport guruhi O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochgani haqida yozgandi.

Kompaniya Yevropa va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan Oʻzbekistonga Novorossiysk porti orqali temir yoʻl konteyner tashuvlarini rivojlantiradi.