Iyun oyi oxirida Pavel Durov “Telegram"da Stories’lar qo‘yish funksiyasi ishga tushirilishini e’lon qilgandi.

20-iyul kuni iOS va Android ilovalari uchun messenjerning yangilangan, Stories’lar chop etish imkoniyatiga ega versiyasi taqdim etildi. Bu haqda “VC” nashri xabar bermoqdi.

Biroq bu funksiya hozir Premium foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lib, avgust oyidan esa barcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Premium’ga obuna bo‘lmagan foydalanuvchilar hozircha faqat boshqalarning Stories’larini ko‘rishlari mumkin.

Stories’ni e’lon qilish uchun dasturning yuqori panelidagi, “Xabar yozish” tugmasi yonidagi belgini bosish zarur. U barcha foydalanuvchilar, kontaktlar yoki oldindan tanlangan hamda “yaqin do‘stlar” ro‘yxatiga taqdim etilishi mumkin.

Nashr qilishdan oldin Stories’ni boshqa foydalanuvchilar uchun saqlab olishi, u bilan ekranni video yozuvga tushirishi yoki skrinshot qilishi mumkinligini belgilab olsa bo‘ladi.

Shuningdek, u boshqalarga qancha vaqt ko‘rinishini ham belgilash mumkin — 6, 12, 24 yoki 48 soat. Stories’lar saqlanishi mumkin, vaqti tugab, o‘chganidan keyin esa profilda qoladi.

Unda fotosurat va videolarni, shu jumladan, old va orqa kameralarda bir vaqtning o‘zida olinganlarni nashr qilish mumkin.

Rasmga matn qo‘shish yoki chizish, boshqa foydalanuvchilarni esa faqat nashr qilganda belgilash mumkin, ularga esa shaxsiy xabarlarda teg haqida xabar jo‘natiladi.