Hukumat qarori bilan pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urug‘i uchun subsidiya ajratish bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2026-yilgacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shunga ko‘ra:

  • birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi (20-maygacha);
  • uchinchi va to‘rtinchi mavsum uchun Manzilli ro‘yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim etiladi (20-avgustgacha);
  • Qo‘mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag‘larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi (10 ish kunida).

Subsidiyalar avvalgi yillarda bajarilgan ishlar uchun ajratilmaydi.

Mart oyida davlat rahbari 30 ming gektar yerda pilla klasterlarini tashkil etish kerakligini bildirgandi.