“Inson o‘zgarishlarni o‘zidan boshlashi kerak”, — deb hisoblashadi Davr Bank boshqaruvida. Shu bois, kichik banklar guruhida yetakchilardan biri bo‘lgan Davr Bank yil boshidan buyon to‘liq transformatsiyaga kirishib, ajoyib natijalarga erishdi.

Markaziy bank ko‘rsatkichlariga binoan:

  1. ROE (kapital rentabelligi) — 54% ni tashkil etdi.
  2. ROA (aktivlar rentabelligi) — 9%.
  3. CIR (xarajatlarning daromadga nisbati) — 29%.
  4. Net Profit (sof foyda) — 198 mlrd so‘mga yetdi. Bankda yil oxirigacha foyda 40 mln dollarga yaqin bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda.
  5. Kredit portfeli 25% ga, depozit portfeli esa 21% ga o‘sdi.
  6. NPL 90+ (90 kundan ortiq vaqt davomida kechiktirilgan kredit to‘lovlari ulushi) — 0,42% gacha qisqartirildi.

“Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, bizning kapital rentabelligi ko‘rsatkichi O‘zbekiston banklari orasida eng yaxshisidir. Bundan tashqari, aktivlar rentabelligi bo‘yicha biz — ikkinchi, xarajatlarning daromadga nisbati bo‘yicha beshinchi o‘rinda, sof foyda ko‘rsatkichi bo‘yicha esa mamlakat bo‘yicha o‘ntalikka kiramiz”, — deydi transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Damir Kakiyev.

Qayd etish joizki, taqqoslash uchun nafaqat xususiy tijorat banklari, balki butun sohaning o‘yinchilari, shu jumladan yirik xususiy va davlat banklari ham hisobga olinadi.

Davr Bank rahbariyati qayd etishicha, ular o‘zbekistonliklarga va biznes egalariga hush keladigan a’lo darajadagi xizmat ko‘rsatuvchi bank qurishmoqchi. Buning uchun esa boshqaruv jamoasi asosiy e’tiborini tizimni shakllantirish vazifalariga qaratdi.

Har qanday biznes kabi bank ham bir tizimga muhtojligini tushunib, asosiy narsadan boshladik — korporativ boshqaruvni joriy qildik, mahalliy mutaxassislardan direktorlar kengashini tuzdik. Masalan, jamoaga Kapitabank sobiq boshqaruvi raisi Mirzayev Alisher qo‘shildi.

Bundan tashqari, top-menedjmentga xalqaro ekspertlar ham qo‘shildi hamda shaffof va tushunarli tashkiliy tuzilma yaratilib, motivatsiya tizimi va yana boshqalar ishlab chiqildi.

O‘tgan olti oyda erishilgan yutuqlar, o‘zgartirishlar natijalari raqamlar va yil yakunigacha bo‘lgan rejalar haqida Davr Bank boshqaruvi raisi Abdumajid Samadov va transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Damir Kakiyev so‘zlab berdi.


Nimalar o‘zgardi?

Oxirgi olti oyda risklarni boshqarish, likvidlik va rentabellik nuqtai nazaridan prinsipial yangi va zamonaviy yondashuv hamda texnologiyalar joriy etildi. Bularning barchasi kapitalning o‘sishiga, portfel sifatini yaxshilanishiga va risklarni minimallashtirishga olib keldi.

Shunday qilib, 2023-yilning birinchi yarmida bankning sof foydasi qariyb 20 mln dollarni tashkil etdi, bu butun 2022-yildagi qiymatga teng.

Transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Damir Kakiyevning qayd etishicha, agar bank bir xil o‘sish sur’atlarini saqlab qola olsa, yil oxirigacha 40 mln dollarga yaqin daromad olishi, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p foyda ko‘rishi mumkin.

Bugungi kunda Markaziy bank ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Davr Bank respublikadagi samarador banklardan biri hisoblanadi. Shu tariqa, aktivlar 26% ga o‘sdi va bu faqat yilning birinchi yarmi davomidagi ko‘rsatkichdir. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sof foydaning o‘sish sur’ati 125% ni tashkil etdi.

Agar o‘zgarishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida boshlangan. Bank o‘zi uchun yangi bo‘lgan chakana avtokreditlar bozoriga faol kirib keldi va allaqachon ushbu segmentda yetakchilardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

davr bank, реклама

“Ushbu bozorda biz katta keng tarmoqli filiallarga, katta hajmdagi arzon likvidlikka ega, shu bilan birga davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralaridan keng foydalanayotgan va korporativ segmentda kredit portfellarini shakllantirayotgan yirik banklarga qarshi o‘ynayapmiz. Shunga qaramay, foiz marjasi va operatsion xarajatlarni samarali boshqarib, bank sohadagi eng daromadli o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘ldik va bu hurmatga loyiq”, — deydi Damir Kakiyev.

Bu qanday amalga oshirildi, degan savolga bank rahbariyati qarzlarni undirish xizmatini modernizatsiya qilishga jiddiy yondashuv orqali erishilganini qayd etdi. Masalan, qarz oluvchilarni tanlash mezonlari qayta ko‘rib chiqildi.

“Biz o‘z oldimizga, ehtimol, eng muhim savollarni qo‘ydik: biz birinchi marta kimga kredit beramiz, kimga yana qayta beramiz va bu mablag‘larni qanday yig‘amiz”, — deyishdi Davr Bank`da.

Buning uchun jamoa kredit portfelini segmentlar bo‘yicha faol tahlil qila boshladi.

“Biz mijozlarimizni muayyan segmentlar va hududlar bo‘yicha o‘rganib chiqdik. Pul yig‘ish jarayonini avtomatlashtira boshladik. Masalan, avvallari xodimlarimiz bildirishnomalarni qo‘lda tayyorlab jo‘natishgan, mijozlarga bittalab qo‘ng‘iroq qilib chiqqan bo‘lsalar, hozirda juda ko‘p jarayonlar robotlar tomonidan amalga oshirilmoqda”, — deydi bank raisi.

davr bank, реклама

Transformatsiyada xorijiy mutaxassislar faol ishtirok etishmoqda. Shu bilan birga, rahbariyat bank sektorining “mashhur shaxslarini” o‘ziga jalb qilib, kimningdir faoliyat tarixini shunchaki ko‘chirib olishga intilmasligini qayd etdi.

“Ba'zi banklar muammolarni yirik MDH banklaridan top-menejerlarni taklif qilish orqali hal qilish mumkin deb o‘ylashadi, ammo bu xato. Bu yerda risklarni va o‘sha mutaxassislar ishlagan sharoitlarni sinchkovlik bilan baholash kerak bo‘ladi. Ularning aksariyati katta mijozlar bazasiga ega, tizim va muayyan ish modeliga ega joylarda ish yuritishgan. Oddiy qilib aytganda, natijaga erishish uchun ulardan ma’lum harakatlar to‘plami talab etilgan. Bu yerda esa ular bozorning o‘ziga xosligi va bankning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi modelni yaratishi va joriy jarayonlarni o‘zgartirishi kutiladi. Shuning uchun MDHning eng yaxshi uchta bankidan mutaxassisni taklif qilib, qisqa vaqt ichida shunga o‘xshash ishlarni qilib bo‘lmaydi”, — deydi Damir Kakiyev.

Rahbariyat qayd etadiki, ular ma’lum bir vaqt oralig‘ida bajarilishi kerak bo‘lgan aniq masalalar yuzasidan kelib chiqib ishga mos keladigan nomzodlarni tanlashadi.

“Shuning uchun biz formula bo‘yicha ishlaymiz — „beklog“, budjet, muddatlar, Timeline (vaqti chegeralangan aniq vazifalar bosqichlari). Bu bizga qancha pul evaziga va qanday muddatda aniq vazifalar amalga oshirilishini tez fursatda tushunishda yordam beradi”, — deb tushuntirishdi bankda.

davr bank, реклама

Oddiylik va tezlik

Damir Kakiyev va Abdumajid Samadovning qayd etishicha, ushbu olti oy davomida ular bankning missiyasi va qadriyatlarini shakllantirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Missiya, ularning so‘zlariga ko‘ra, — ular nima uchun mavjudligi ko‘rsatkichi va barcha xodimlarni birlashtiruvchi omildir. Qadriyatlar esa tashkilotning poydevoridir.

Davr Bank`ning missiyasi: “Biz mijozlarimizga oddiy va tezkor xizmatlar orqali maqsadlariga erishishda va vaqtni tejashda yordam beramiz”.

Bank strategiyasi soddaligi va tezkorligidadir. Misol uchun, transformatsiyadan oldin bankda kichik va o‘rta biznes segmenti uchun 20 ta mahsulot mavjud edi. Bugungi kunga kelib ularning soni ikkitagacha qisqartirildi.

“Birinchidan, bunday mahsulotlar ro‘yxati bilan ishlash qiyin edi — menejer ularning har birining tafsilotlarini bilishi va tushunishi kerak bo‘lardi. Ikkinchidan, mijozning o‘zi ham mahsulotlarning xususiyatlarini tushunishi kerak bo‘lardi, bu esa ko‘pincha mijozlarni bank xizmatlaridan uzoqlashtirardi”, — deb tushuntirdi Damir Kakiyev.

davr bank, реклама

Bugungi kunda Davr Bank chakana avtokreditlar bozorida kuchli mavqega egadir. Rahbariyatning so‘zlariga ko‘ra, ular doimiy ravishda jarayonlarni optimallashtirish va takomillashtirish orqali mamlakatdagi yirik dilerlar bilan hamkorlik qiladi.

Masalan, bank yangi hududlarga kirib, mijozlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. Bu jarayonlarni qanday soddalashtirish va mijozning yo‘lini yengillashtirish, nimani o‘zgartirish, nimani amalga oshirish haqida tushuncha beradi.

Agar ilgari kredit berish jarayoni bir necha kun davom etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu jarayon Davr Bank uchun bir kundan kam vaqtni oladi.

Bundan tashqari, ular mikrokreditlarga bo‘lgan qiziqish va e’tibor ortib borayotganini ta’kidlamoqdalar. Bu jarayon, Abdumajid Samadovning so‘zlariga ko‘ra, to‘liq avtomatlashtirilgan va bank mobil ilovasida taqdim etilgan.

Yilning ikkinchi yarmida esa yangi raqamli kanallarni qayta ishga tushirish — jismoniy shaxslar uchun mobil ilovani va yuridik shaxslar uchun internet-bankingni yangilash rejalashtirilgan.

Investorlar uchun jozibador

Davr Bank`ning yillik sarmoyaviy maqsadi kichik va o‘rta biznesni kreditlash uchun 100 mln dollarga yaqin mablag‘ jalb etishdan iborat.

Bugungacha, birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning yirik fondlardan 55 mln dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘lindi.

“Bu, ehtimol, eng muhim omillardan biridir, chunki biz kichik va o‘rta biznesni kreditlash uchun mablag‘larni faol jalb qilmoqdamiz. Dunyoning yetakchi moliya institutlari biz bilan hamkorlik qilmoqchi. Ularning bizga ishonchi ortib bormoqda. Bunga ko‘p jihatdan barqarorlik reytingi B (stable) darajadaligi va albatta, yangi ish boshlagan tadbirkorlar, shu jumladan, ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida faol ish olib borayotganimiz ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deydi Abdumajid Samadov.

Bank bir necha bor yirik investitsiya fondlaridan strategik sheriklik, jumladan, nutq va ularning bank kapitaliga kirishi to‘g‘risida takliflar olgan va olishda davom etmoqda.

“Biz Davr Bank investorlar uchun yetarlicha jozibador ekanligini tushunamiz. Axir, biz kapital va aktivlar bo‘yicha eng yuqori rentabellikka ega bo‘lgan xususiy tijorat bankimiz. Biz har jihatdan o‘sib bormoqdamiz. Bizning portfelimizni juda xilma-xil, yuqori marjali va dyuratsiya muddati bir yarim yildan ikki yilgacha qisqa ko‘rsatkich bilan tavsiflash mumkin. Bank tomonidan ko‘rsatilgan o‘sish sur’atlarini hisobga olgan holda va umuman mamlakatning istiqbollari va jozibadorligini anglagan holda, xalqaro moliya institutlari nafaqat kredit liniyalari shaklida, balki kapital ko‘rinishida ham sarmoya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. Biz buni mantiqiy deb bilamiz, chunki bank kelgusi yillarda bir necha bor o‘sishi aniq. Darhaqiqat, aksar hollarda mamlakatda uning o‘rnini bosa oluvchi yo‘q”, — deya tushuntiradi bank raisi va transformatsiya rahbari.

davr bank, реклама

Davr Bank — ishonchli hamkordir

“Davr Bank — bu o‘z oilasi va kelajagi uchun pul ishlab topadigan ishbilarmonlar, tadbirkorlar va oila rahbarlari uchun mo‘ljallangan bank. Va bizning maqsadimiz mijozlarimizga yanada muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam berishdir”, — deydi Damir Kakiyev.

Uning fikricha, bankning asosiy afzalligi uning moslashuvchanligi va qaror qabul qilish, tez o‘zgaruvchan bozorga moslashish qobiliyatidir.

Masalan, bugungi kunda bank jamoasi mikrokredit yo‘nalishida o‘sishni ko‘rmoqda.

“Biz mikrokredit olish uchun qulay jarayonni yaratish ustida faol ishlamoqdamiz. Biz bozor va boshqa o‘yinchilarning zaif tomonlarini bilamiz, nimani o‘zgartirish kerakligini va qanday mahsulotni yaratishni tushunamiz. Shuning uchun biz bu yil bu borada eng yaxshi bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi suhbat oxirida transformatsiya rahbari.

Ularning mikrokredit berish xizmati boshqa banklardan qanday farq qilishi haqida so‘ralganda, Damir bu masalada mijozlarning onlayn tajribasi muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdi.

“Ko‘pgina banklar quyidagicha fikrda: bizning mobil ilovamizda pul o‘tkazmalari funksionali mavjud, boshqalar ham xuddi shunday funksiyaga ega, demak biz orqada qolmayapmiz. Aslida esa hammasi boshqacha. Ayniqsa, gap mijoz bilan onlayn-muloqot qilish haqida ketganda. Masalan, ekranlarga o‘tishning minimal soni qancha bo‘lishi kerakligi, mijoz bilan qanday aloqa o‘rnatilgani, uning mazmuni, yozishda belgilar sonini tushunish juda muhimdir va bu yerda ular soni qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshidir. Keyingi harakat, kredit yoki pul o‘tkazmasini olish uchun nechta qatorni to‘ldirish kerakligi va asosiysi, qancha vaqt ketishini tushunish muhim. Shunday qilib, ushbu qadamlarning barchasini minimallashtirish va mijozning vaqtini qisqartirish bankka eng katta afzalliklarni beradi”, — deb tushuntiradi u.

Nutq so‘ngida, ikki mutaxassis ham yana ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklar hali o‘z vaqtlarini kutayotganini ta’kidladilar.

Telefon: (+998) 71−207−40−40.

E-mail: info@davrbank.uz
Sayt: davrbank.uz
Facebook: fb.com/davrbankuz
Instagram: @davrbankuz
Telegram: t.me/davrbankuz

Reklama huquqlari asosida.