Rossiyada chet ellik ishchilar uchun patent qiymati bo‘yicha qat’iy belgilangan avans miqdorini to‘rt barobar oshirish taklif etilmoqda, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Qayd etilishicha, mehnat muhojirlari uchun patent narxini to‘rt barobar oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga Sergey Mironov boshchiligidagi “Adolatli Rossiya” fraksiyasi deputatlari tomonidan kiritilgan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, chet el fuqarolarining Rossiyada mehnat faoliyati davomida to‘laydigan belgilangan avans to‘lovlari miqdori 4800 rublgacha oshiriladi.

Ayni paytda belgilangan avans to‘lovlari miqdori 1200 rublni, deflyator koeffitsientini hisobga olgan holda 2724 rublni tashkil etadi.

Tushuntirish xatida aytilishicha, yaqinda Rossiya fuqarolarining mamlakatga ishlayotgan mehnat muhojirlari soni, shuningdek, ularning Rossiya jamiyatiga moslashish muammolari bilan bogliq tashvishlari aniq qayd etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, 2022-yil oxirida Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorijlik fuqarolar soni 3,47 mln nafarga yetgan.

Ayni paytda jami mehnat muhojirlarining 90%dan ortig‘i O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan.

Bir yil ichida chet elliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish faktlari soni 11,8 mlnni tashkil etdi.

2020-yilda mehnat muhojirlarining daromadlari qariyb 1,5 baravarga oshgan, chunki ularning o‘z vatanlariga o‘rtacha oylik o‘tkazmalari miqdori 48 ming rublni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, “Rosstat” ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil uchun Rossiya iqtisodiyotidagi o‘rtacha oylik ish haqi 32,4 ming rublga baholangan.

Ushbu ma’lumotlar qonun loyihasi mualliflariga Rossiya iqtisodiyotining ko‘plab segmentlarida yuqori malakali mutaxassislar bo‘lmagan chet el fuqarolari mamlakat fuqarolaridan kam pul topishmayapti, degan xulosaga kelishga imkon beradi.


Avvalroq “Spot” Rossiyada migrantlar uchun patent muddati 3 yilgacha uzaytirilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlar uchun mehnat patentlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha taklifni ma’qullagan.