“Toshshahartransxizmat” yangi o‘quv yilining birinchi kuni bo‘yicha jamoat transporti (avtobus va elektrobuslarining) faoliyatiga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 4-sentabr kuni 167ta yo‘nalish bo‘yicha jami 1707ta avtobus chiqarilgan.

Shu kuni jamoat transportidan foydalangan yo‘lovchilar soni 806,7 mingni tashkil etdi va 2022-yilning 5-sentabriga nisbatan 1,9 baravar oshgan.

avtobus, jamoat transporti, toshkent shahri

Shuningdek, bir kunda amalga oshirilgan qatnovlar soni 21 718 mingni tashkil etib, natijada, kutilgan (22,5 ming) miqdorga deyarli yetgan.

Umuman, 4-sentabr kuni jamoat transportining daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgan. 2022-yilning 5-sentabrida daromad 482,6 mln so‘mni tashkil etgandi.

Bundan tashqari, 4-sentabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalangan yo‘lovchilar soni qariyb 520 mingni tashkil etgan Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu o‘tgan avgust oyining kunlik yo‘lovchilar soniga nisbatan 180 ming (53%) yo‘lovchiga ko‘p.