Samarqandda o‘tkaziladigan inkubatsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar va taniqli tadbirkorlarning treninglari va konsultatsiyalari orqali loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Inkubatsiya dasturi davomida ishtirokchilar startaplarini takomillashtirishi va uni bozorga chiqishga tayyorlashi mumkin.

Shuningdek, ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar ham taqdim etiladi:

  • mentorlar yordamidan foydalanish;
  • tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislar seminarlarida ishtirok etish;
  • tanlovlarda qatnashish;
  • investorlarni jalb qilishga taqdimot tayyorlashni o‘rganish.

Dastur davomiyligi 3 oyni tashkil etadi hamda unda ishtirok etish bepul.

Buning uchun joriy yilning 29-sentabrigacha havola orqali ariza jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “NASA Space Apps Challenge” hakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, astronavtika, ma’lumotlarni qayta ishlash, geologiya, astronomiya va STEM bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi.