“RZD Logistics” kompaniyasi Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida “Pharmexpress” xizmati faolligini oshirishga qiziqmoqda, deb xabar berdi “TASS” nashri.

Xizmat farmatsevtika va ularning tarkibiy qismlarini hamda kosmetika uchun materiallarni yetkazib berish maqsadida yaratilgan. “Rossiya temir yo‘llari” sho’ba korxonasi rahbariyati uni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Istiqbolli yo‘nalishlardan biri xalqaro farmatsevtika kompaniyalari uchun logistikani tashkil etish bo‘lib, shu maqsaddda Turkiya va Qozog‘istondagi jamlangan omborlardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, operator farmatsevtika ishlab chiqarishining o‘sishi sharoitida O‘zbekiston bozorining “muhim salohiyati"ni qayd etdi. Kompaniya mahalliy ishlab chiqaruvchilarga “yuqori sifatli logistika qo‘llab-quvvatlovi uchun katta istiqbollarni” ko‘radi.

Horiz “Pharmexpress” asosan Xitoyga dori vositalari va komponentlarini eksport qilish maqsadida foydalaniladi. Bundan tashqari, “Shimol-Janub” yo‘lagi bo‘ylab Hindistonning dori-darmon import qiluvchi kompaniyalari bilan hamkorlik olib borilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha topshiriqlar bergandi.