Andijonda “Faw” brendi ostida yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoyning “Faw Group” kompaniyasi tomonidan “UzAuto Trailer” hamda “Vodiy Universal Majmua” korxonalari bilan amalga oshirilgan mazkur loyiha qiymati $15 mlnni tashkil etadi.

Bundan avvalroq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Olimxon Rustamov va “FAW Jiefang Automobile” direktorlar kengashi raisi hamda partiya qo‘mitasi kotibi Xu Xanze o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgandi.

Tomonlar Andijon viloyatidagi turli hajmdagi yuk tashuvchi avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Viloyatdagi tegishli kichik va o‘rta biznes uchun o‘sish omili sifatida bu sohani rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

andijon, faw, faw group, xitoy, yuk mashina

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan loyihalar doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab olishdi.

Faw Group” kompaniyasi 1953-yili tashkil etilgan Xitoyning birinchi mashinasozlik kompaniyalaridan hisoblanadi.

Avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Xitoyda ikkinchi o‘rinda, og‘ir yuk tashuvchi tijorat transporti bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turadi.