O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Bu bo‘yicha, Buyuk Britaniyada tajribali qassoblarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda mamlakat ish beruvchilariga taqdim etish uchun nomzodlar bazasi shakllantirilmoqda.

Hozir qassobchilik (hayvon go‘shtini bo‘laklarga ajratish) bo‘yvicha ishlash istagidagi fuqarolardan arizalar qabul qilinmoqda. Ish haqi yiliga 25,6 ming funt sterling ($31,1 ming) dan boshlanadi (brutto).

Ish muddati 1 yildan 5 yilgacha davom etib, nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • ingliz tilini bilish (IELTS 6);
  • rezyume (ingliz tilida) va fotosurat (3×4);
  • xorijga chiqish pasport nusxasi;
  • ish tajribasini tasdiqlash (2 daqiqali videoda bolta ishlatmagan holda taqdim etilishi kerak);
  • tibbiy ma’lumotnoma;
  • sudlanmaganlik.

Nomzodlar o‘z mahoratini videoda va tanlov jarayonida namoyish etishi zarur. Ish jarayoni bilan bu yerda tanishish mumkin.

Barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi. Ro‘yxatdan havola orqali o‘tish kerak.

Vakansiya haqida qo‘shimcha ma’lumotni havola orqali yoki 71 202−33−55 raqami orqali olish mumkin.