Ijtimoiy tarmoqlarda “Humo” kartalaridan mobil ilovalarda to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Milliy banklararo prossesing markazi bu “SMS-xabarnoma” xizmatida yuzaga kelgan muammolar sabab kuzatilayotganini ma’lum qildi.

To‘lov tizimi hozirda bu masala bilan mutaxassislar shug‘ullanayotganini va yaqin orada muammo hal etilishini ma’lum qildi.

Iyul oyida “Humo” va “Uzcard” to‘lov tashkilotlarining integratsiyalashuvi yakunlanib, barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala to‘lov tizimining ham kartalarini qabul qilishlari uchun birlashtirildi.

Avgust oyida “Oson” hamda “Payme” to‘lov tizimlari ishida uzilishlar yuzaga kelgandi. Xususan, “Oson"da qayd etilishicha, kompaniya unga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra “Uzcard” hamda “Humo” kartalari tizimdan uzilgan.