“WhatsApp” messenjeri jamoasi foydalanuvchilar uzoq kutgan funksiya ishga tushirilgani haqida xabar berdi.

Bu bir nechta “WhatsApp” akkauntlarini bitta qurilmada va ilovaning bir nusxasida ishga tushirish imkoniyati.

Ikkinchi hisob yaratish uchun bir nechta SIM-kartalarni yoki eSIM-ni qo‘llab-quvvatlaydigan telefon mos keladi.

Funksiyadan foydalanish uchun “WhatsApp” sozlamalarini ochib, ism yonidagi o‘qni bosish va “Hisob qo‘shish” ni tanlash kerak.

Maxfiylik va bildirishnoma sozlamalari har bir hisob uchun alohida sozlanishi mumkin.

Hozirda ayrim cheklovlar mavjud bo‘lib, bitta qurilmada ikkitagacha akkaunt qaydnomasidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qayd etilishicha, ushbu funksiyadan tez orada hamma foydalanishi mumkin.

Avvalroq “Whatsapp” HD sifatli suratlarni yuborish funksiyasini ishga tushirgandi.

Yangilanish foydalanuvchilarga surat va tasvirlarni yuqori sifatda yuborish imkonini beradi.

Shuningdek, messenjer sun’iy intellekt yordamida stikerlar yaratishni sinovdan o‘tkaza boshlagandi.

Bunda foydalanuvchi kerakli tavsifni kiritishi kerak, WhatsApp unga stikerlar uchun bir nechta variantni taklif qiladi.