Hukumat “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, quyidagilar bo‘yicha tegishli nizom belgilandi:

  • yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi;
  • yer hisobotini yuritish tartibi;
  • yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;
  • yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibi;
  • yer fondi toifalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish tartibi.

2024-yilgacha “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mazkur axborot tizim operatori hisoblanadi.

Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot"ga kiritib boriladi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot"ga taqdim etib boriladi.

Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va uning natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lmaydi.

Yanvardan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda tuman (shahar)lar hokimlari lavozimlaridan ozod etilganda, ijro hokimiyatiga bir oy muddatda o‘zlarining ma’muriy-hududiy birliklari bo‘yicha joriy yilning 1-yanvar holatiga yer hisoboti, jumladan, yer fondi toifalariga kiritilgan o‘zgartirishlar va yangi o‘zlashtirilgan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Bunda, yer fondi toifalariga kiritilgan o‘zgartirishlar, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda yangi o‘zlashtirilgan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda hududlar hokimlariga taqdim etadi.

Avvalroq ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilangandi. Endilikda huquq va majburiyatlar mulk egasining roziligi bilan ijarachi tomonidan boshqaga o‘tkazilishi yoki qayta ijaraga berilishi mumkin.