Joriy yilning 6-noyabridan Toshkentda bosqichma-bosqich isitish mavsumi boshlanadi. bu haqda poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimi qarori bilan, 3-noyabr kuni soat 00:00dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Muvofiq ravishda, 6-noyabrdan ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Agar issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar kuzatilsa, issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlar to‘liq amalga oshirilmasa, 1055 yoki 71 210−01−87, 71 210−01−41, 71 210−01−11, 71 210−01−63 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Avvalroq poytaxt hokimligi isitish mavsumi qachon boshlanishi haqida izoh berib, mavsum Gidrometeorologiya xizmati agentligidan ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin hokimlik qarori bilan boshlanishini ma’lum qilgandi.