Avvalroq Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti doirasida 8−10 noyabr kunlari poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakati cheklanishi haqida xabar berilgandi.

Shundan kelib chiqib, avtobus yo‘nalishlarining faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Islom Karimov” ko‘chasining “Furqat” ko‘chasidan “Olmazor” ko‘chasigacha bo‘lgan qismi to‘liq yopilishi sabab, bu manzil orqali harakatlanuvchi avtobuslar harakati quyidagicha o‘zgartiriladi:

  • 51-sonli yo‘nalish harakati “I.Karimov” ko‘chasidan “Afrosiyob”, “Beshyog‘och”, “Furqat” ko‘chalari orqali;
  • 141-sonli yo‘nalish harakati “Qoratosh” ko‘chasidan “Furqat”, “A.Navoiy”, “Olmazor” ko‘chalari orqali;
  • 196-sonli yo‘nalish harakati “Afrosiyob” ko‘chasidan “Beshyog‘och”, “Furqat”, “A.Navoiy” ko‘chalari orqali, keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi.

jamoat transporti, toshkent shahri, toshshahartransxizmat, transport harakati

Tadbir ishtirokchilarining belgilangan manzillargacha harakatlanishi jarayonida, ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanishi sabab, ayrim yo‘nalishlarda oraliq interval vaqtlari va qatnov vaqtlarining ortib ketishi yuzaga kelishi mumkin. Jumladan:

  • Bobur ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarida;
  • Nukus ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yo‘nalishlarda;
  • Oybek ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 57, 67-sonli yo‘nalishlarda;
  • Afrosiyob ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 13, 196-sonli yo‘nalishlarda;
  • Sh.Rashidov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yo‘nalishlarda;
  • I.Karimov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yo‘nalishlarda;
  • A.Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97, 115, 140-sonli yo‘nalishlarida kuzatilishi mumkin.

jamoat transporti, toshkent shahri, toshshahartransxizmat, transport harakati

Jamoat transportini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda xalqaro aeroportga borish vaqtini ham oldindan rejalashtirish tavsiya etilmoqda.

Shuningdek, zaruratdan kelib chiqib, yo‘lovlar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi qayd etilgan.