“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz"ga sarmoya kiritish orqali, daromad topish imkoni paydo bo‘lgani haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.

Kompaniya bu kabi xabarlarga ishonib qolmaslikka hamda bu mazmundagi ma’lumotlarga “O‘zbekneftgaz"ning aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar fuqaro telefon raqami yoki plastik kartalaridan pul yechib olishga urinishi mumkin.

“O‘zbekneftgaz” faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlar bilan faqat kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishish mumkin.

O‘tgan yilning noyabr oyida ham kompaniya nomidan soxta xizmatlarni taklif etish holati aniqlangandi. Bunda, ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaga 2 mln so‘m investitsiya kiritish evaziga har oy 9−16 mln so‘mdan dividend olish kabi soxta takliflar berilgan.

Avvalroq O‘zbekistondan turli axborot resurslari foydalanuvchilarining ma’lumotlari e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

“ONESEC” direktori Dmitriy Paleyevning buzib kirish haqida emas, balki stilerlar — brauzerlardan autentifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlaydigan viruslarning eski bazasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.