1-dekabr kuni Buxoro shahrida Respublika robototexnika tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda robototexnika loyihalari uchta toifada raqobatlashish mumkin.

Musobaqada quyidagi toifalarda ishtirok etish imkoniyati mavjud:

  • Estafeta;
  • MiniSumo 10×10;
  • Roborace.

Musobaqa mukofotlari (har bir toifa uchun):

  • 1-o‘rin — 3 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 2 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 1 mln so‘m.

Tanlovda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ishtirok etish O‘zbekistonning barcha hududlari uchun ochi bo‘lib, unda 9 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha qatnashishi mumkin.


Avvalroq “Spot"kibersport bo‘yicha hukumat kubogiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Musobaqalar ikkita o‘yin — “Counter Strike 2” va “Dota 2” bo‘yicha o‘tkazilib, unda 16 yoshga to‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishi mumkin.