Hukumat qarori bilan aholidan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi. Mazkur hujjatlar ro‘yxati quyida keltirilgan:

Bunda so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi hamda uni ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Soliq organlari so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xabarnomani portal orqali yuboradi.

Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lovlarni amalga oshiradi.

Quyidagi hollarda fuqaroga nisbatan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash rad etiladi:

  • belgilangan muddat ichida ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato hamda kamchiliklar bartaraf etilmasa;
  • qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlansa;
  • daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz avval qo‘llanilgan bo‘lsa.

Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

Agar ariza beruvchi hujjatlarni to‘liq taqdim etilmasa, arizadagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatgan yoki to‘liq ko‘rsatmagan bo‘lsa, vakolatli organ ikki ish kunida ariza beruvchiga kamchiliklarni to‘liq ko‘rsatib, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun muddat (kamida besh ish kuni) beradi.

Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan Yagona portal orqali shu kunning o‘zida elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.

Ma’muriy ish yuritish muddati xatolarni bartaraf etish yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida to‘xtatib turiladi.

Joriy yilda qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni to‘lovchi fuqarolar uchun ulardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 10%ga indeksatsiya qilingan.

Avvalroq tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati yaratilgandi. Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin bo‘lib, buning uchun 44 550 so‘m miqdorida to‘lov mavjud.