“Anhor” parkidagi ijaraga olingan binolar auksionga qo‘yilmoqda. Hunarmandlar nega qarshi?

Qayd etilishicha, 8-noyabr kuni park maʼmuriyati tomonidan hunarmandchilik buyumlari binolarining 19tasi auksionga qo‘yilgan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekiston banklarida kobeyjing kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mazkur kartalarni mavjud 35 ta bankdan 12 tasida ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznes g‘oya: O‘zbekistonda kovorking-markazni qanday ochish va undan qancha daromad topish mumkin?

“Ground Zero” direktori Abror Azizov kovorking markazni qanday ochish, dastlabki sarmoyalar va qanday muammolarga duch kelish mumkinligi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekiston banklaridagi “Visa”, “Mastercard” va “UnionPay” kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mavjud 35ta bankdan 23tasida xalqaro kartalarni ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznesmenlar tarixi: Stiv Jobs kim bo‘lgan va “Apple” kompaniyasiga qanday asos solgan?

“Spot” mashhur brend asoschisi Stiv Jobs hayoti, biznesini qanday boshlagani va muvaffaqiyati haqida so‘z yuritadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 1-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar oshiriladi. Shuningdek, barcha budjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7%ga oshgan holda hisoblanadi.
  2. “inDrive” Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar startaplariga $100 mlngacha sarmoya ajratadi. Kompaniyada venchur investitsiyalar va istiqbolli loyihalarni sotib olish bo‘linmasi tashkil etilgan.
  3. Sanitariya va gigiyena qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda. Xususan, fuqarolar uchun 3,3 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 6,6 mln so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.
  4. Davlat dasturlari doirasida biznes uchun kreditlar onlayn platformalar orqali ajratiladi. IT yordamida mijozlar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritishi, pul oqimlari va boshqa ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali xatarlarni oldindan aniqlash mexanizmi yaratiladi.
  5. O‘zbekiston kompaniyalari Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining 12-paketiga kiritilishi mumkin. Qayd etilishicha, hammasi bo‘lib, bir nechta davlatlarning 30 ta yuridik shaxsiga nisbatan cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilgan.
  6. O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga yashil energiya eksport qiladi. Tomonlar bu bo‘yicha texnik shartlarni tayyorlashga, keyinchalik qo‘shma korxona tashkil etishga kelishishdi.
  7. “QIWI Uzbekistan” 18-dekabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Xizmat xalqaro to‘lovlarga cheklovlar kiritilganidan keyin mamlakatni tark etishga qaror qildi.
  8. “Ozon” O‘zbekistonda sotuvni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda fuqarolar 100 mlndan ortiq mahsulotlarni marketpleys orqali xarid qilishlari mumkin. Buyurtmalar o‘rtacha 12 kunda yetkazib beriladi.
  9. O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaytirildi. Ro‘yxatga atlas va adras to‘qish, asalarichilik, qo‘ziqorinlarni yig‘ish hamda pichoq ishlab chiqarish kabi 19ta faoliyat turi kiritilib, jami 101taga yetkazildi.
  10. “Albayrak” O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi qurilmalar o‘rnatadi. Loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, yangi kelishuvlar bo‘yicha ishlarni boshlash muddatlari belgilab olindi.