Kapitalbank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent filialida Kapital Talks & Quiz 2.0 yirik ta’lim tadbirini o‘tkazdi.

kapitalbank, reklama

Ushbu loyiha ikkinchi marta tashkil etilib, o‘z ko‘lami va ishtirokchilar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Bu yil maydonga 11 ta oliy ta’lim muassasalaridan taxminan 200 nafar talaba, akademik hamjamiyat, bank sohasi vakillari, shuningdek biznes va kreativ sanoat ekspertlari to‘plandi. Loyihaning asosiy maqsadi — yosh avlodda kasbiy va shaxsiy o‘sish poydevori sifatida moliyaga ongli yondashuvni shakllantirishdan iborat.

kapitalbank, reklama

“Bugun moliyaviy savodxonlik faqat raqamlar, kreditlar yoki bank mahsulotlaridan iborat tushuncha emas. Bu allaqachon hayot sifati, teran qarorlar qabul qilish, trendlarni xavflardan ajrata bilish va har kuni o‘zgarib borayotgan dunyoda tanqidiy fikrlashni saqlab qolish masalasiga aylangan. Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshirilayotgan Kapital Talks & Quiz 2.0 loyihasi murakkab moliyaviy formulalar tilini jonli va tushunarli muloqot formatiga o‘zgartirishni ko‘zda tutgan. Bunday ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda biz kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish yo‘nalishini belgilab beradigan mas’uliyatli, tadbirkor va moliyaviy savodxon yangi avlod yetakchilarini shakllantirishga sarmoya kiritmoqdamiz”, — deya ta’kidladi “Kapitalbank” ATB boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov tadbirning ochilish marosimidagi nutqida.

kapitalbank, reklama

Intensiv dastur ikki asosiy qismni o‘z ichiga oldi. Birinchisi — “Kapital Talks” — TED-formatida bo‘lib, undagi ma’ruzalar moliyani boshqarishning turli jihatlari va ongli qarorlar qabul qilishga bag‘ishlandi. Spikerlar sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning moliyaviy savodxonlikni qanday o‘zgartirayotgani, kelajak bankining qanday bo‘lishi, kreditlash madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati va ongli moliyaviy odatlarni shakllantirish yo‘llari haqida so‘z yuritdi. Ma’ruzalardan so‘ng o‘tkazilgan panel muhokamasida ekspertlar talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

kapitalbank, reklama

Dasturning asosiy interaktiv elementi Kahoot platformasidagi “Kapital Quiz” viktorinasi bo‘ldi. Talabalar real vaqt rejimida moliya sohasidagi bilimi, mantiq va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinab ko‘rdi. Viktorina yakunida eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi Markaziy bank va Kapitalbankning sovrinlari hamda sertifikatlari bilan taqdirlandi.

kapitalbank, reklama

Markaziy bankning Finlit Network loyihasining eng faol ishtirokchilarini mukofotlash marosimi esa tadbirning muhim ramziy qismiga aylandi. Natijalar loyihaning networking-hamjamiyatidagi ochiq ovoz berish natijalari asosida aniqlandi.

kapitalbank, reklama

2025-yil davomida Finlit Network doirasida:

  • sahnada 12 nafar yosh spiker nutq so‘zladi;
  • FinTalk uchrashuvlari tashkil etildi;
  • 500 dan ortiq talaba va yosh ishtirokchi hamjamiyatga qo‘shildi;
  • Finlit Network Awards yakuniy ovoz berishida 4000 dan ziyod kishi ishtirok etdi.

kapitalbank, reklama

Yil yakuniga ko‘ra, loyihaning eng faol 10 nafar ishtirokchisi alohida taqdirlandi.

kapitalbank, reklama

Shu tariqa Kapital Talks & Quiz 2.0 faqatgina moliyaviy savodxonlikni rivojlantiribgina qolmay, talabalarni o‘z kelajagi va moliyasiga yanada ongli munosabatda bo‘lishga ilhomlantiruvchi maydonga aylandi.

Reklama huquqlari asosida.