Shorahmedov Shohruh Shaturg‘unovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “UzA” xabar berdi.

Bu Shohruh Shorahmedovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan izohlangan.

Joriy yilning noyabr oyi boshida prezident uning egallab turgan lavozimiga munosibligi masalasini ko‘rib chiqishni topshirgandi.

Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar kuzatilgan.

Shuningdek, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi qo‘mita faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni yuzaga chiqargani ta’kidlangan.

Shohruh Shorahmedov 2022-yilning 30-dekabridagi davlat rahbari qarori bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan.